Ayni tushlik vaqtida maskanga borgan viloyat rahbari istiqomat qiluvchilar tanovuliga berilayotgan taomlardan ranjidi. 

- Bahor oyida sogʻlom insonning ham sillasi quriydi, - dedi viloyat rahbari. – Shuni hisobga olib, vitamin va minerallarga boy ovqatlar tayyorlanishi kerak. Prezidentimiz ushbu masalada, “ularni ota-onamizdek, bolalarimizdek koʻrsak ishimizda baraka boʻladi” deya taʼkidlagan edi.

“Muruvvat” uyida autsorsing xizmati boʻyicha tanlov oʻtkazilishi toʻgʻrisida eʼlon berish topshirigʻi berildi. Yoz jaziramasida istiqomat qiluvchilar uchun soʻlim va salqinlik ulashuvchi manzarali daraxtlar ekiladigan hamda soyabonli oʻrindiqlar (besedkalar) oʻrnatiladigan joylar belgilab berildi.