Xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashining shu yil 22-sentyabr kuni boʻlib oʻtgan navbatdan tashqari sessiyasida viloyatda tumanlararo perinatal markazlar tashkil etish borasida ham soʻz yuritildi.
Ayni damda mazkur ishlarga tayyorgarlik ishlari boshlab yuborilgan. Viloyatning Yangiyoʻl, Olmaliq, Bekobod shaharlari hamda Toshkent, Quyi Chirchiq tumanlarida shunday markazlar tashkil etilishi rejalashtirilgan.
Xususan, ayni maqsadga Toshkent tumanida investitsiya dasturi asosida 18 milliard soʻm mablagʻ yoʻnaltirilgan boʻlib, mazkur markaz noyabr oyida foydalanishga topshiriladi.
Shuningdek, Olmaliq shahrida ham OKMK homiyligi ostida markaz bino-inshootlari mukammal taʼmirlanib, yuqori texnologiyalar asosidagi tibbiyot asbob-uskunalari bilan jihozlanadi.
Yana shuni ham qayd etish mumkinki, 2022-yil 1-maydan boshlab tuman (shahar) koʻp tarmoqli markaziy poliklinikalari, shuningdek, viloyatning oilaviy poliklinikalarida bolalar boʻlimlari tashkil etildi.
Mazkur saʼy-harakatlar onalik va bolalikni muhofaza qilish, ixtisoslashgan perinatal xizmatni aholiga yaqinlashtirish, eng asosiysi, goʻdaklar oʻlimini keskin kamaytirishga xizmat qiladi, deb xabar beradi Toshkent viloyati hokimligi Axborot xizmati.