Filialning asosiy maqsad va vazifalari – ovqatlanish va ijtimoiy-iqtisodiy farovonlikni yaxshilashga, oziq-ovqat, tola va yoqilgʻigi, shu jumladan chorvachilik, oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, tarqatish hamda tabiiy resurslarni boshqarishni takomillashtirishga koʻmaklashishdir.
Shuningdek, filial Amerika Qoʻshma Shtatlari Xalqaro Rivojlanish Agentligi (USAID) tomonidan moliyalashtiriladigan “Markaziy Osiyoda xavfsiz migratsiya” (SMICA, 2019-2024) loyihasini amalga oshirishga koʻmaklashadi.
Oʻzbekistonda odam savdosining oldini olish, omon qolganlar jabrlanuvchilarni himoya qilish, xavfsiz migratsiyaga koʻmaklashish, xavf ostida boʻlgan aholi qatlamining odam savdosining barcha shakllariga nisbatan zaifligini kamaytirishga hamda odam savdosi jabrlanuvchilariga yordam berish va aniqlash usullarini rivojlantirishga koʻmaklashishga qaratilgan ushbu loyiha byudjeti 2 346 054 AQSH dollarini tashkil etadi.
Filial joylashgan manzil: 100077, Oʻzbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Mirzo Ulugʻbek tumani, Chust koʻchasi, 1-uy.
Adliya vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi