Bugungi sinovli kunlarda aholi salomatligi va xavfsizligini saqlash muhim vazifalardan biridir. Afsuski, ushbu vaziyatdan ayrim fuqarolar oʻz manfaati yoʻlida foydalanib, belgilangan tartib qoidalarni qoʻpol ravishda buzishga urinishmoqda.

Jizzax viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi boʻlimi xodimlari viloyat IIB vakillari bilan hamkorlikda tezkor tadbir oʻtkazishdi.

Tadbir davomida, fuqaro Sh.O. oʻziga tegishli boʻlgan umumiy qiymati 34,5 million soʻmlik, 2 turdagi jami 315 dona “virus blokator”larni hech qanday tegishli xujjatlarsiz, noqonuniy ravishda sotmoqchi boʻlgan vaqtida toʻxtatib qolindi.

Mazkur virus blokatorlari ashyoviy dalil sifatida olinib, hozirda bojxona organlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.