“Izvestiya” nashri muxbirlari bilan suhbat chog'ida ekspert koronavirusning yangi varianti yanada og'irroq shtammlarga qarshi tabiiy vaktsina vazifasini bajarishi mumkinligi haqidagi farazga qo'shildi.

Mutaxassisning fikricha, bu viruslarning mutatsiya xususiyatiga bog'liq bo'lib, mutant shtammi interferon oqsillari yordamida avvalgi infektsiyani tashqariga chiqarib yuboradi.

“Bunday mexanizmning ishlash ehtimoli katta va uning yordami bilan olingan antitanachalar vaktsinalarga ham, kasal bo'lganlarning immuniteti shakllanishiga ham ko'mak beradi. Aftidan, tabiatning o'zi pandemiyaga barham berish uchun shunday imkoniyat yaratgan”, — dedi virusolog.