Andijonlik olima Raʼnoxon Xoʻjayevaning ingliz tilidagi “Turizm: Oʻzbekistondagi yangi islohotlar” nomli risolasida Qashqadaryo viloyatidagi Qalʼai-sheron darasida joylashgan 31ta dinozavr izlari hamda Mirishkor tumanidagi Achinkoʻl koʻli haqidagi maʼlumotlar ham keltirib oʻtilgan.
Taʼkidlash joizki, “Turizm: Oʻzbekistondagi yangi islohotlar” kitobi “Amazon”ning turli qitʼalardagi boʻlimlarida ham sotuvga qoʻyilgan. Kitobdan Oʻzbekistonning eng mashhur sayyohlik maskanlari, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasining sohani yuksaltirishdagi roli hamda boshqa materiallar oʻrin olgan.