Mamlakatimizning Vladivostok shahridagi Bosh konsulxonasiga Fargʻona shahridan boʻlgan fuqaro F. G. murojaat etib, Rossiya Federatsiyasida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun kelib qiyin ahvolga tushib qolganligi sababli farzandi bilan Oʻzbekistonga qaytib ketishida amaliy yordam soʻradi.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi mamlakatimizning Vladivostok shahridagi Bosh konsulxonasi bilan hamkorlikda fuqaro Oʻzbekistonga olib kelindi.