Aksariyat tadbirkorlarimiz oʻzi xohlagan nomlarni tanlab roʻyxatdan oʻtavergan. Misol uchun “Xilvati doʻsti yoron”, "GLOBAL MUSTANG“, ”GOLLAKTIKOS-BARSʼʼ, "TRIUMPH TEXTILE" kabi nomlar bilan.
Aslida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 16-martdagi “Savdo, ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish obyektlariga nom berishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 144-sonli qarori bilan obyektlarga nom berish “Davlat tili haqida”, “Firma nomlari toʻgʻrisida” va “Tovar belgilari, xizmat koʻrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari talablariga rioya etilgan holda amalga oshirilishi belgilab qoʻyilgan.
Shundan kelib chiqib, hozirda tadbirkorlar hamda tegishli soha vakillari bilan Qonunda belgilab qoʻyilgan talablarga asosan roʻyxatdan oʻtgan 20 dan ortiq mos kelmaydigan nomlar davlat tili qoida va meʼyorlariga muvofiq keladigan, milliy qadriyatlarga mos va obyektlarga qoʻyish tavsiya etiladigan nomlar tanlab, tartibga keltirilmoqda.
Yusuf NASULLAYEV,
Vobkent tumani hokimining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar
samaradorligini oshirish, davlat tili toʻgʻrisidagi
qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash
masalalari boʻyicha maslahatchisi