Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi tashabbusi bilan Vobkent tumani hokimligi, Buxoro viloyati Aholi bandligiga koʻmaklashish markazi va qator mutasaddi tashkilotlar ishtirokida INNOWOMENWEEK haftaligi oʻtkazilmoqda.

Joriy yilning 26-aprel kuni Vobkent tumanidagi 2-son kasb-hunar maktabida ushbu haftalikka start berildi.

Vobkent tumani xotin-qizlarining innovatsion haftaligida tuman Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi tomonidan aniqlangan, tumanning 44 ta mahallarida istiqomat qiluvchi 200 dan ziyod kasb-hunar oʻrganmoqchi boʻlayotgan hamda tadbirkorlik, hunarmandchilik va fermerlik faoliyatini boshlashni rejalashtirgan, bandligi taʼminlanmagan xotin-qizlar ishtirok etishmoqda.