Bu haqda G.V. Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Innovatsion materiallar va texnologiyalar kimyosi kafedrasi katta ilmiy xodimi Mariya Podzorova aytib o'tdi.

Shunday qilib, birinchi navbatda suvning hidi, ta'mi, rangi va cho'kindi mavjudligi orqali suvning sifatini tekshirish mumkin. Mutaxassisning fikriga ko'ra, suvda begona yoki o'tkir, masalan xlor hidi bo'lmasligi kerak.

Kimyogarning ta'kidlashicha, tarkibida zang mavjud bo'lgan suv odatda tiniq  bo'lmaydi. Stakanning pastki qismida cho'kma paydo bo'ladi. Idishlarda qolgan qora dog'lar vodorod sulfidi borligini ko'rsatadi.

Shu bilan birga, alyuminiy idishlar yordamida suyuqlikdagi gidroksidi yuqori konsentratsiyani aniqlash mumkin, deyiladi lenta.ru saytida.

Agar ana shunday belgilar mavjud bo'lsa, ularni imkon qadar tezroq bartaraf qilish kerak. Sifatsiz suvdan foydalanish sog'liq bilan bog'liq muammolarga olib kelishi mumkin, deb ta'kidladi ekspert.