Ko'p bolali ona itning baland ovozini eshitib, tashqariga chiqdi. U bo'rining itlarga hujum qilayotganini ko'rdi. Qo'rqib ketgan ayol hayvonni tayoq bilan haydab yubormoqchi bo'ldi, lekin bu bo'rini yanada g'azablantirdi. Shunda yirtqich ayolga hujum qilib, uning qo'lidan tishladi. Qo'shnilar jabrlanuvchining qichqirig'ini eshitib, yugurib kelishdi va ular tajovuzkor hayvonni ov miltig'i bilan otib tashlashdi.

Jabrlanuvchi zudlik bilan kasalxonaga yetkazilgan va unga tibbiy yordam ko'rsatilgan. Yirtqichning miyasi ekspertizaga yuborildi, bo'rida uning quturganidan dalolat beruvchi virus mavjudligi tasdiqlandi. Shu bois ayolga barcha zarur tibbiy yordam ko'rsatildi, deb xabar beradi mir24.tv.

Aholi punktida epidemiya aniqlangani sababli karantin choralari ko'riladi, dedi Danilovskiy tumani rahbari Sergey Kopitov “Volgogradskaya pravda” gazetasiga bergan intervyusida. Uning qo'shimcha qilishicha, bu mazkur hududda yirtqichning uy hayvonlari va odamlariga hujum qilishi bilan bog'liq birinchi holat.