Tashrif doirasida Oʻzbekistonda Volkswagen va Škoda avtomobillarini ishlab chiqarish boʻyicha hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi, deb yozadi kompaniya axborot xizmati.

Loyiha “Jizzax avtomobil zavodi” bazasida mahsulot turlarini kengaytirish orqali amalga oshiriladi.

Muzokaralar davomida janob Shtefan Mecha Volkswagen avtomobil konserni va Germaniya hukumati Oʻzbekiston bilan qoʻshma loyihalardan nihoyatda manfaatdor ekanligini taʼkidladi. Bu nafaqat avtomobilsozlik sanoatiga, balki Oʻzbekistonga texnologiyalarni rivojlantirish, kadrlar tayyorlash, dual taʼlim va soha uchun muhim boshqa yoʻnalishlar boʻyicha loyihalarni amalga oshirishga ham taalluqlidir.

Eslatib oʻtamiz, 2020-yilda “Oʻzavtosanoat” AJ va “Volkswagen Group Rus” konserni oʻrtasida “Jizzax avtomobil zavodi” MCHJda Volkswagen va Škoda avtomobillarini ishlab chiqarishni tashkil etish boʻyicha hamkorlik toʻgʻrisida Bitim imzolangan edi. Ayni paytda Oʻzbekistonda Volkswagen Caddy va Škoda Kodiaq avtomobillari namoyish etilmoqda.