28-iyun kuni soat 12:10 larda Norin tumanida yashovchi, 2004-yilda tugʻilgan, tumandagi 15-sonli maktabning 9-sinf oʻquvchisi, birga yashovchi onasining nomida boʻlgan “Damas” rusumli avtomashinasini boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini taʼminlay olmay, oʻzidan oldinda ketayotgan piyodalar, Norin tumanida yashovchi, 1982-yilda tugʻilgan, 1976-yilda tugʻilgan, 1977-yilda tugʻilgan uch nafar ayollarni urib yuborgan.
Natijada, piyodalar ogʻir tan jarohati olib, bir nafari voqea joyida vafot etgan. Ikki nafari turli xil darajadagi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilganlar.
Ushbu holat boʻyicha tuman IIB huzuridagi Tergov boʻlinmasi tomonidan 28-iyun kuni Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati