Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB quyidagilarni maʼlum qildi.

Joriy yilning 7-iyun kuni taxminan soat 17.00 larda 1968-yilda tugʻilgan X.A. Mirzo Ulugʻbek tumani Mirzo Ulugʻbek koʻchasidagi koʻp qavatli uylardan birining yoʻlagida, voyaga yetmagan 2015-yilda tugʻilgan L.S.ga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar sodir etgan.

Mazkur holat yuzasidan Mirzo Ulugʻbek tumani IIO FMB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 119-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Gumon qilinuvchiga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qoʻllangan. Tergov davom etmoqda.