WADA Osiyo olimpiya kengashini jarimaga tortdi

    Jahon aksildoping agentligi (WADA) Xitoyda oʻtkazilgan Xanchjou-2022 yozgi Osiyo oʻyinlarida Shimoliy Koreya bayrogʻidan foydalangani uchun Osiyo olimpiya kengashiga 500 ming dollar jarima solinganini tasdiqladi.

    WADA 2021-yildan eʼtiboran, doping testini oʻtkazish boʻyicha samarali dastur amalga oshirilmagani tufayli Shimoliy Koreyaga yirik xalqaro sport tadbirlarda oʻz bayrogʻidan foydalanishni taqiqlagan.

    WADA bir necha bor ogohlantirishiga qaramay, sanksiyalangan davlat bayrogʻi Xitoyning Xanchjou shahrida oʻtgan yozgi Osiyo oʻyinlarida, jumladan ochilish va yopilish marosimi hamda medal taqdimotida namoyish etilgan.

    Jahon aksildoping agentligi maʼlumotiga koʻra, WADAning Muvofiqlik kodeksiga hozir KXDR, Gabon va Rossiya, shuningdek Osiyo Olimpiya kengashi, Xalqaro fitnes va bodibilding federatsiyasi rioya qilmayapti. Bu xalqaro sport talabi buzilishi, oʻzaro munosabatda nomutanosiblik kelib chiqishi, sportchilar huquqi boʻlinishiga olib kelmoqda.