WBC reytingi yangilandi: Shahram yuqoriladi

    WBC noyabr oyi uchun yangilangan reytingni e’lon qildi.

    Super yengil vazn toifasidagi bokschimiz Shohjahon Ergashev yangilangan reytingdan chiqib ketdi.

    Shu tariqa, reytingda 9 nafar bokschimiz qoldi:

    Superog‘ir vazn: Bahodir Jalolov 15-o‘rinni band etib turibdi;

    Supero‘rta vazn toifasi (76,2 kg): Bektemir Meliqo‘ziyev 5 pog‘ona yuqorilab 13-o‘ringa joylashdi;

    Superyarim o‘rta vazn (69,8 kg): Isroil Madrimov bir pog‘ona pastlab 8-o‘rinni band etdi;

    Yarimo‘rta vazn (66,6 kg): Shahram Gʻiyosov 3 pog‘ona ko‘tarilib 15-o‘rinni egallagan bo‘lsa; Jahongir Rasulov bir pog‘ona pastlab, 31-o‘ringa joylashdi;

    Superengil vazn (63,5 kg): Botir Ahmedov 3 pog‘ona pastlab 33-o‘ringa joylashdi;

    Yarimengil vazn (57,1 kg): Otabek Xolmatov 7-o‘rin;

    Birinchi yarimengil vazn (55,3 kg): Murodjon Ahmadaliyev bir pog‘ona yuqorilab 4-o‘rinni band qildi;

    Birinchi o‘ta yengil vazn (48,8 kg): Hasanboy Do‘smatov 5-o‘rin.