Super yengil vazn toifasidagi bokschimiz Shohjahon Ergashev yangilangan reytingdan chiqib ketdi.

Shu tariqa, reytingda 9 nafar bokschimiz qoldi:

Superog‘ir vazn: Bahodir Jalolov 15-o‘rinni band etib turibdi;

Supero‘rta vazn toifasi (76,2 kg): Bektemir Meliqo‘ziyev 5 pog‘ona yuqorilab 13-o‘ringa joylashdi;

Superyarim o‘rta vazn (69,8 kg): Isroil Madrimov bir pog‘ona pastlab 8-o‘rinni band etdi;

Yarimo‘rta vazn (66,6 kg):  Shahram Gʻiyosov 3 pog‘ona ko‘tarilib 15-o‘rinni egallagan bo‘lsa; Jahongir Rasulov bir pog‘ona pastlab, 31-o‘ringa joylashdi;

Superengil vazn (63,5 kg):  Botir Ahmedov 3 pog‘ona pastlab 33-o‘ringa joylashdi;

Yarimengil vazn (57,1 kg): Otabek Xolmatov 7-o‘rin;

Birinchi yarimengil vazn (55,3 kg): Murodjon Ahmadaliyev bir pog‘ona yuqorilab 4-o‘rinni band qildi;

Birinchi o‘ta yengil vazn (48,8 kg): Hasanboy Do‘smatov 5-o‘rin.