Wi-Fining inson salomatligiga zarari bormi?

    Wi-Fi qurilmalarining inson salomatligiga taʼsiri haqida ishonchli maʼlumotlar yoʻq.

    Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining 25 mingga yaqin tadqiqot tahliliga asoslangan rasmiy xulosasida bu haqda maʼlum qilindi.

    Uning taʼsiri boʻyicha hech qanday nazariy asoslar yoʻq. Boisi, Wi-Fi qurilmalarining ishlashini taʼminlaydigan radionurlanish kuchi juda past darajada boʻladi.