WizzAir aviakompaniyasi ilk bor Samarqandga parvozlarni yoʻlga qoʻydi

    Transport 13 Dekabr 2022 910

    Shu yilning 13-dekabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 10:29 da Vengriyaning WizzAir aviakompaniyasiga tegishli samolyot Samarqand xalqaro aeroportiga kelib qoʻndi.

    Oʻzbekistonga yangi: Abu-Dabi — Samarqand — Abu-Dabi parvoz yoʻnalishini ochgan Airbus A321 neo samolyoti anʼanaga koʻra suv arkasi, ekipaj aʼzolari va 141 nafar yoʻlovchi esa karnay va surnay sadolari bilan kutib olindi.

    Toʻgʻridan-toʻgʻri muntazam reyslar haftasiga ikki marta — seshanba va shanba kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

    Eslatib oʻtamiz, 2023-yilning 25-yanvaridan boshlab WizzAir Toshkent aeroportiga haftasiga uch marta – dushanba, chorshanba va juma kunlari parvozlarni boshlashni rejalashtirgan.

    WizzAir — Vengriyaning arzon aviakompaniyasi boʻlib, shtab-kvartirasi Budapeshtda (Vengriya) joylashgan.