Airbus A321 neo samolyoti Oʻzbekistonga yangi — Abu-Dabi — Toshkent — Abu Dabi parvoz yoʻnalishini ochdi. Ekipaj va yoʻlovchilar terminalda tantanali ravishda kutib olindi.
Toʻgʻridan-toʻgʻri muntazam reyslar A320/321 samolyotlarida haftasiga uch marta — dushanba, chorshanba va juma kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Ushbu yoʻnalishdagi chiptalar narxi bir tomonga 45 dollardan boshlanadi.
Eslatib oʻtamiz, 2022-yil dekabr oyidan boshlab “WizzAir” Samarqand aeroportiga haftasiga ikki marta — seshanba va shanba kunlari parvozlarni amalga oshirib kelmoqda.
WizzAir — 2003-yilda tashkil etilgan Vengriyaning arzon narxlardagi aviakompaniyasi. 2022-yil iyul holatiga koʻra WizzAir aviaparki oʻrtacha yoshi 5,3 yil boʻlgan 141 ta Airbus samolyotidan iborat edi.