Vitse-prezident Kamala Harrisdan kichik farq bilan o'zib ketdi – 47 foizga qarshi 45 foiz.
The Wall Street Journal gazetasi tomonidan o'tkazilgan yangi so'rov ma'lumotlari shundan dalolat bermoqda.
So'rov Harrisni qo'llab-quvvatlash 8 punktga, 42 foizgacha tushganini ko'rsatdi. Ayni paytda Trampda vaziyat yaxshilandi, uning ma'qullash reytingi 52 foizni tashkil etdi va bu unga Harrisdan 4 to'rt punkt ustunlik keltirdi.
Saylov kampaniyasi davomida Tramp saylovchilar e'tiborini tortgan muhojirlik siyosatiga e'tiborini kuchaytirdi. Tramp Harrisni iqtisod bo'yicha 12 punkt, muhozirlik bo'yicha 15 punkt ortda qoldirmoqda.
AQShda prezidentlik saylovlari 5-noyabr kuni bo'lib o'tadi. Respublikachilar partiyasidan Donald Tramp nomzod sifatida ishtirok qiladi. Demokratik partiyadan amaldagi prezident Jo Bayden nomzod bo'lishi taxmin qilingan edi. Biroq 21-iyul kuni u davlat rahbari lavozimiga qayta saylanish uchun kurashmasligini ma'lum qildi va vitse-prezident Kamala Harris nomzodini qo'llab-quvvatladi, deb xabar beradi report.az.