Kolumbiya banki xodimlarining elektron pochtasiga yuborilgan troyan “Excel” fayli orqali xaker bankning IT-tuzilmasi bazalaridan 418 777 ta maʼlumotni qoʻlga kiritgan.

Bank kiberhujumga uchraganini faqatgina darknet/klirnet-forumlarida bank xodimlari maʼlumotlari, elektron pochta manzillari, telefon raqamlari va bank mijozlar roʻyxati, ularning toʻlovlar tarixi hamda oylik ish haqlari haqidagi maʼlumotlar sotuvga qoʻyilganida tushunib yetgan.