Kiberjinoyatchi ijtimoiy tarmoqdagi shikoyatlar tizimidan foydalangan holda akkauntlarni maxsus dastur orqali sun’iy ravishda o‘chirib tashlanishiga erishmoqda.
Xakerlar guruhi qo‘llayotgan ushbu noqonuniy uslub "Ban as a Service" deb atalib, bunda ko‘p sonli shikoyatlar sababli "Instagram" ijtimoiy tarmog‘idagi akkauntni avtomatik ravishda o‘chirilishiga sabab bo‘lmoqda.
Xakerlar "Instagram"dagi akkauntni yo‘q qilinishiga erishganidan so‘ng, uni tiklab berish uchun 5 000 AQSH dollari talab qiladi.
Talab qilingan pullarni qo‘lga kiritgan xakerlar guruhi o‘z va’dasini bajarmaydi va ushbu jarayonni bir necha bor takrorlab jabrlanuvchidan iloji boricha ko‘proq pul undirib olishga harakat qiladi.
Kiberjinoyatchilar asosan ko‘p sonli obunachilari mavjud ayollarning akkauntlarini egallab olishga harakat qilmoqdalar.
Buning asosiy sababi sifatida esa, ayollar tomonidan joylangan kontentlarda taqiqlangan mazmundagi matnlar yoki tasvirlar mavjud bo‘lishi ta’kidlangan.