Nagoya shahri meri Kavamura Takasi 5-marotaba saylovda gʻolib boʻldi.

Xalq 72 yoshli hokimni 12 yildan beri qoʻllab kelmoqda.

Uni mashhur qilgan ishlaridan biri davlat xizmatchilarining oyligini kamaytirgani (balki iqtisodiy jihatdan u qadar toʻgʻri emasdir, ammo xalq ovozini toʻplash uchun yaxshi fishka) boʻlgan. Eng birinchi boʻlib oʻzidan boshlab bergan. “Oyligimni kamaytirganim uchun 12 yilda mahalliy byudjetning 3.5 million $ mablagʻi tejalgan”, deya taʼkidlagan intervyulardan birida.

Maʼlumot uchun, Nagoya shahar meri Toshkentda rasmiy tashrif bilan boʻlgan, Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev bilan ham uchrashgan, Toshkent va Nagoya oʻrtasida doʻstlik kelishuvlari imzolangan.