“Xalq banki” matbuot xizmati xabar berishicha, bu muammoli kreditlar salmogʻi oshib ketgani sababli toʻxtatildi, ammo yaqin kunlarda qaytgan mablagʻlar hisobidan ushbu kreditlarni berish yoʻlga qoʻyiladi.

Davlat dasturlari doirasidagi imtiyozli kreditlar esa berilmoqda. Bu yoʻnalishdagi kreditlar muammoli kreditlari koʻp boʻlmagan va kreditlar oʻz vaqtida qaytayotgan filiallarda qaytgan mablagʻlar hisobidan beriladi.

Markaziy bank maʼlumotlarida keltirilishicha, 1-iyul holatiga koʻra, “Xalq banki”dagi kreditlarning 15 foizi (21 348 tadan 3204 tasi) muammoli kreditlardir. “Xalq banki” ushbu koʻrsatkich boʻyicha davlat ulushiga ega banklar orasida “UzAgroEksportBank”dan soʻng (62,6 foiz) ikkinchi oʻrinda.