Viloyat hokimi o'z so'zida shaharda keyingi paytda yig'ilib qolgan ijtimoiy-iqtisodiy muammolar, xususan, aholi bandligini ta'minlash sohasida to'planib qolgan masalalar, qulay tadbirkorlik muhitini yaratish bo'yicha joriy islohotlarni o'z vaqtida va yuqori saviyada ijro etish singari masalalarda yo'l qo'yilgan kamchiliklarni tanqidiy tahlil qildi.
Ohangaron shahar hokimi Odiljon Jo'raev lavozimidan ozod etildi.
Rustam Xolmatov Ohangaron shahri hokimi lavozimiga eshonqulov Akrom Jo'raevich nomzodini tavsiya qildi.
Muhokamalardan so'ng Xalq deputatlari Ohangaron shahri Kengashi deputatlari Jo'raev Akrom Jo'raevich nomzodini Ohangaron shahri hokimi lavozimiga tayinlash to'g'risidagi qarorni ochiq ovoz berish yo'li bilan tasdiqladilar.
Akrom eshonqulov 1976 yil 16 fevralda Toshkent viloyati Quyi CHirchiq tumanida tug'ilgan. G. Plexanov nomli Rossiya iqtisodiyot akademiyasi hamda Toshkent Davlat iqtisodiyot universitetining magistratura bosqichini tamomlagan. Mutaxassisligi - iqtisodchi.
U mehnat faoliyati davomida davlat boshqaruv tizimida bir qator vazifalarda, jumladan Toshkent viloyati hokimligi axborot tahlil guruhi rahbari, Ohangaron tumani hokimining birinchi o'rinbosari - shahar hokimi, Ohangaron tumani hokimi v.v. b lavozimida ishlagan.
Akrom eshonqulov mazkur lavozimga tayinlangunga qadar O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Respublika bo'ysunuvidagi shaharlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo'limining Olmaliq shahrini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari bo'yicha bosh mutaxassisi vazifasini vaqtincha bajaruvchi sifatida faoliyat yuritgan.