Ushbu aksiya davomida Qoraqalpog‘iston Respublikasida xalq ta’limi sohasida ko‘p yillar davomida mehnat qilib kelgan o‘qituvchilar ro‘yxati shakllantirildi. Ro‘yxat asosida o‘qituvchi va o‘quvchilar holidan xabar olindi.
Jumladan, Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari Vahobjon Rajapov va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vaziri Ahmed Narimbetov Nukus shahridagi 25-sonli umumta’lim maktabida tahsil olayotgan kam ta’minlangan oila farzandi hamda sog‘lig‘ida nuqsoni bor yakka tartibda ta’lim olayotgan o‘quvchiga badiiy adabiyotlar to‘plami hamda sport anjomlari ulashdi.
Ko‘p yillik samarali mehnati uchun o‘qituvchi O. Kamalovga Qurbon hayiti munosabati bilan Xalq ta’limi vazirligi rahbariyati nomidan esdalik sovg‘alari berildi.
Shuningdek, 173 nafar faxriy o‘qituvchi holidan xabar olinib, ular ham rag‘batlantirildi.