Bu haqida Energetika vazirligi xabar bermoqda.

XEA Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT) tarkibidagi avtonom xalqaro organ hisoblanadi. U energiya resurslari va energiya xizmatlariga boʻlgan talab va taklifning global tuzilmasini takomillashtirish sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish uchun konsalting tashkiloti sifatida faoliyat yuritadi.

Aytish joiz, “EU4Energy” dasturi doirasida XEA Sharqiy hamkorlik va Markaziy Osiyo mamlakatlari, jumladan, Oʻzbekistonga qaratilgan dasturni amalga oshirmoqda. Dasturning maqsadi barqaror energiya siyosatini amalga oshirishni qoʻllab-quvvatlashdan iborat.

XEA delegatsiyasi Toshkentga tashrifi davomida davlat organlari, idoralar, shuningdek, kompaniyalar vakillari bilan norasmiy uchrashuvlar oʻtkazib, energetika sohasidagi ayrim masalalar muhokama qilindi.

14 ta mavzu boʻyicha oʻtkazilgan muhokamada 24 ta vazirlik, idora va korxonalardan 70 nafar vakil ishtirok etdi.

Oʻzbekistonning energetika siyosatini chuqur tahlil qilish XEA tomonidan uch bosqichda olib borilmoqda va bu mamlakat hukumati rahbarligida amalga oshirilmoqda.

Natijalar asosida 2022-yilning iyul oyida yakuniy tavsiyalar ishlab chiqiladi.