Xalqaro gullar festivalining 60-yubileyi doirasida Namangan shahridagi Oʻzbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi galereyasida “Hindistonning yozma merosi: hind-islom xattotligida yozish sanʼati” mavzusida koʻrgazmaning ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

Marosimda viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nur va Hindistonning yurtimizdagi favqulodda va muxtor elchisi Manish Prabxat, Laʼl Bahodur Shastri nomidagi Hindiston madaniyat markazi direktori Chandra Shekxar ishtirok etdi.