“Xalqaro hamjamiyat koronavirus pandemiyasidan to‘g‘ri saboq chiqarishi kerak, — deydi JSST rahbari. — SOVID-19 bizga epidemiologik xatar istalgan paytda paydo bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatdi.  

Shunga qaramay, juda qisqa muddatda bu xavfli infeksiyaga qarshi samaradorligi yuqori vaksinalar yaratishga muvaffaq bo‘ldik. Tuberkulyozga qarshi emlash vositalarini tayyorlashga esa bir necha o‘n yil oldin kirishilgan. Ammo izlanishlar keskin "oqsamoqda". 

Maʼlum qilinishicha, hozir silga qarshi 16 ta yangi vaksina yaratish ustida ish olib borilyapti. Eng muhimi, bu jarayonni hukumatlar, biznes va ilmiy doiralar hamda keng jamoatchilik ko‘magida tezlashtirish mumkin.

Shu bois T. Gebreyesus bu borada maxsus kengash tuzishni taklif qildi. 

Sog‘liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati