Hech kimga sir emas, har bir ishni amalga oshirayotganimizda xalqaro tajribaga yuzlanamiz, hamkasblarimiz qanday yo‘ldan borganliklariga qiziqish bildiramiz. O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti ham ushbu yo‘nalishga alohida e‘tibor va ahamiyat qaratib keladi.
O‘zJOKU rasman faoliyatini boshlagandan buyon Xalqaro aloqalarga alohida e‘tibor qarata boshlagan. Jumaladan, aynan bugungi kunda universitet Turkiya, Rossiya, Janubiy Koreya, Xitoy, AQSH, Litva, Ispaniya, Hindiston, Qozog‘iston kabi davlatlarning 20 ta dan ortiq oliy ta’lim muassasalari, shuningdek, Turkiyaning “TIKA”, “TRT Avaz” media tashkilotlari, Germaniyaning “DW academy” akademiyasi va “Huawei” kompaniyasining Toshkentdagi filiali bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatilgan.
O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Xalqaro hamkorlik bo‘limi 2022-yilning dastlabki oylaridan shu kunga qadar turli xil xalqaro darajadagi uchrashuvlar o‘tkazishga muvaffaq bo‘ldi.
Shu bilan birgalikda, talabalar uchun mahorat darslari, xorijiy ekspertlar va professorlar, turli mamlakatlarning O‘zbekiston Respublikasidagi favqulloda va muxtor elchilari bilan uchrashuvlarni tashkil qilindi, shuningdek, bir qancha xalqaro ilmiy konferensiyalarni tashkilashtirishda bir qancha ishlar amalga oshirildi.
Bu hali oxiri emas. O‘zJOKU o‘z oldiga hali ko‘plab nufuzli xorijiy oliygohlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishni maqsad qilib qo‘ygan. Shaxsiy muvaffaqiyatdan universitet muvaffaqiyati sari!
Azizbek Nasrullayev
O‘zJOKUning Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i