Bugun mamlakatimizning koʻzga koʻringan islomshunos olimlari, soha mutaxassislari, ilmiy tadqiqotchilari bilan birga Turkiya, Qatar, Misr, Birlashgan Arab Amirliklari, Hindiston, Qirgʻiziston kabi dunyoning oʻnga yaqin davlatidan taniqli olim va ulamolar Surxondaryo viloyati hokimi Ulugʻbek Qosimov tomonidan Termiz xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi, deya xabar bermoqda Yuz.uz muxbiri.
Mehmonlar orasida Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar, Misr Arab Respublikasi bosh muftiysi Nazir Muhammad Ayyod, Qatar Xalqaro musulmon ulamolar kengashi raisi Ali Muhyiddin Qoradogʻi, Hindiston Ulamolari uyushmasi raisi Arshad Madaniy, Turkiyaning Anqaradagi Islom tafakkuri instituti direktori Mehmet Goʻrmez kabi taniqli ulamolar bor.