Xalqaro informatika olimpiadasida o‘zbekistonlik o‘quvchilar ilk bor sovrindor bo‘lishdi

    Vengriyaning Seged shahrida bo‘lib o‘tgan 35-Xalqaro Informatika Olimpiadasida ishtirok etgan Dilyorbek Valijonov va Dilshodbek Xo‘jayev bronza medallariga sazovor bo‘lishdi.

    Shu bilan O‘zbekiston terma jamoasi tarixida ilk bor xalqaro informatika olimpiadasida medallarni qo‘lga kiritdi.

    Shuningdek, raqamli texnologiyalar vaziri Sh.Shermatov xabar berishicha, 2026-yilda Xalqaro informatika olimpiadasi ilk bora O‘zbekistonda o‘tkaziladi. O‘zbekiston delegatsiyasining arizasi Vengriyada olimpiada komissiyasi a’zolari tomonidan ma’qullandi.