Yunus Rajabiy nomidagi Oʻzbek milliy musiqa sanʼati institutida Oʻzbekiston xalq artisti, “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni sohibi, akademik Yunus Rajabiy tavalludining 125-yilligi, Oʻzbekiston xalq hofizi Hasan Rajabiy tavalludining 80 yilligi, Yunus Rajabiy uy-muzeyining tashkil topganiga 25 yil toʻlishi munosabati bilan oʻtkaziladigan Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya Tashkiliy qoʻmitasining ilk maslahat uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Unda Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyani yuqori saviyada tashkillashtirish va oʻtkazish boʻyicha bir nechta dolzarb masalalar muhokama qilindi. Jumladan, tashkiliy qoʻmita va ishchi guruh aʼzolari tarkibi tuzildi. Konferensiya oʻtkaziladigan sana joriy yilning 26-27-aprel kunlari etib belgilandi. Ushbu uchrashuv davomida tashkilotchilar va konferensiya ishtirokchilarining 2 kunlik rejasi ishlab chiqilib, OʻzMMSI va hamkor tashkilot rahbarlari bilan boshqa muhim tashkiliy masalalar yuzasidan ham oʻzaro kelishuvga erishildi, deb xabar beryapti Madaniyat vazirligi matbuot xizmati.