Xalqaro ko'rgazmalarni o'tkazish masalasi muhokama qilindi

    Investitsiyalar 4 Iyun 2020 1138

    O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o'rinbosari – Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov rahbarligida ko'rgazma faoliyatini kengaytirish chora-tadbirlarini muhokama qilishga bag'ishlangan videokonferentsiya shaklida yig'ilish bo'lib o'tdi. Bu haqda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

    Yig'ilishda xalqaro ko'rgazmalar - xorijiy hamkorlar bilan investitsiya va savdo-iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash, eksportga yo'naltirilgan ichki mahsulotlarni istiqbolli xorijiy bozorlarga chiqarish uchun eng samarali vositalaridan biri ekani qayd etildi.

    Xorijiy mamlakatlarda “Made in Uzbekistan” milliy mahsulotlar ko'rgazmasi, noyob muzey eksponatlari va kollektsiyalari, zamonaviy san'at va hunarmandchilik ko'rgazmalarini tashkil etish masalalari muhokama etildi.