Uchrashuvda 9-iyulda muddatidan ilgari boʻlib oʻtgan Prezident saylovi jarayonlari qizgʻin muhokama etildi. Oʻz navbatida, Eva Ernst-Dzedzich mamlakatimizda Prezident saylovi muvaffaqiyatli oʻtganini qayd etib, ovoz berish kuni u Samarqand viloyati va Toshkent shahridagi saylov uchastkalarida boʻlganini, saylovchilarning koʻpligini, ularning aksariyatini xotin-qizlar va yoshlar tashkil etganini alohida eʼtirof etdi.
D. Tashmuxamedova Eva Ernst-Dzedzichga Oʻzbekistonda Prezident saylovida xalqaro kuzatuvchi sifatida faol ishtirok etgani uchun minnatdorlik bildirib, keyingi yillarda oʻzaro hurmat va doʻstlikka asoslangan Oʻzbekiston-Avstriya munosabatlari ijobiy dinamika namoyon etayotganini taʼkidladi.
Uchrashuvda tomonlar parlamentlararo aloqalarni rivojlantirish, taʼlim, iqtisodiyot, turizm va boshqa sohalardagi hamkorlik masalalariga ham eʼtibor qaratdi, deb xabar beradi Oliy Majlis Senati matbuot xizmati.
Xalqaro kuzatuvchi saylovchilarning aksariyatini xotin-qizlar va yoshlar tashkil etganini alohida eʼtirof etdi
Joriy yil 10-iyulda Oliy Majlis Senatining Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi raisi oʻrinbosari D. Tashmuxamedova Avstriya Parlamenti Milliy kengashi deputati, “Avstriya – Markaziy Osiyo” parlamentlararo doʻstlik guruhi raisi Eva Ernst-Dzedzich bilan uchrashdi.
“Rektorlar maktabi” dasturi yo‘lga qo‘yiladi
- O‘rta Chirchiqdagi xonadonda portlash oqibatida 4 kishi vafot etdi
- “Tamadun tafakkuri”da Zarquynar ko'chasi bo'ylab fotosayohat qiling!
- Raqamli davr mutaxassisiga faqat bir sohani bilishi yetarlimi?
- Men uchun yangi ijodiy bosqich boshlandi
- Namangandagi tibbiyot muassasalarida fuqarolardan qariyb 300 mln so‘m asossiz olingani aniqlandi
Oʻzbekiston – Tojikiston sammiti yakunlandi
- Iqtisodiyotda oʻsish surʼatlarini saqlash va davom ettirish choralari koʻrib chiqildi
- Oʻzbekiston Prezidenti Qozogʻiston bilan koʻp qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish muhimligini qayd etdi
- Bugun O‘zbekiston milliy terma jamoasi Venesuela bilan o‘ynaydi
- O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida
- Prezidentimiz Temuriylar tarixi davlat muzeyiga tashrif buyurdi