Bu haqda Oliy Majlis Senati xabar berdi.
Soʻnggi yillarda Oʻzbekistonning Xalqaro mehnat tashkiloti bilan oʻzaro hamkorlik aloqalari yanada kengayib, sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarildi.
Konvensiyada mehnat munosabatlarida xodimlarning mehnat faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq huquqlari, shu jumladan, dam olish va haq toʻlanadigan taʼtillardan foydalanish huquqlarini taʼminlash choralarini yanada kuchaytirish kabi masalalar nazarda tutilmoqda.
Konvensiya barcha sohalarda ishlaydigan xodimlarga dam olish va ishlash qobiliyatini qayta tiklash uchun ish oʻrni (lavozimi) hamda oʻrtacha ish haqi saqlab qolingan holda har ish yili uchun beriladigan taʼtillarni taʼminlashga zamin yaratadi.
Qayd etilganidek, shu kunga qadar ushbu Konvensiya 38 ta davlat tomonidan ratifikatsiya qilingan.
Konvensiyaning qabul qilinishi kelgusida xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar bilan munosabatlarda Oʻzbekistonning ijobiy imijini yanada yuksaltirishga hamda xalqaro reyting va indekslardagi oʻrnini yuqori pogʻonalarga koʻtarishga imkon yaratadi.
Shuningdek, barcha sohalarda ishlovchi xodimlarning dam olish va haq toʻlanadigan taʼtillardan foydalanish huquqlarini taʼminlash boʻyicha xalqaro standartlarni amaliyotga samarali joriy etishga xizmat qiladi.
Qonun senatorlar tomonidan maʼqullandi.