Beshta davlatdan 120 dan ortiq sportchilar ishtirok etgan ushbu nufuzli musobaqada O‘zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti sportchilari 4 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza medallarini egallab, yoshlar o‘rtasida umumjamoa hisobidan birinchi o‘rinni egalladilar.
Jumladan, sportchilar tomonidan quyidagi natijalarga erishildi:
- Otabek Fazliddinov “S-7”-sinfida 1-o‘rin (Namangan v.);
- Sardor Ro‘ziyev “S-6-A”-sinfida 1-o‘rin (Buxoro v.);
- Farrux Safoyev “S-9-A”-sinfida 1-o‘rin (Buxoro v.);
- Feruz Bahodirov “S-7-A”-sinfida 1-o‘rin (Buxoro v.);
- Farhod Bakiyev “S-10-A”-sinfida 2-o‘rin (Samarqand v.);
- Shahboz Bafoyev “S-10-A”-sinfida 3-o‘rin (Buxoro v.).
Bundan tashqari, namanganlik murabbiy Najmiddin Zaylidinov “Eng yaxshi murabbiy” nominatsiyasi bo‘yicha g‘olib deb topildi.
O‘zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti jamoasi ushbu sportchilarni samimiy muborakbod etib, kelgusida bundan-da yuksak yutuqlarga erishishlarini tilab qoladi.
Eslatib o‘tamiz, 2022-yilning 16-23 sentabr kunlari Qozog‘iston Respublikasining Baykonur shahrida sportning raketamodel turi bo‘yicha o‘tkazilgan “Baykonur Kubogi – 2022” xalqaro musobaqasida “Vatanparvar” tashkiloti sportchilaridan iborat O‘zbekiston terma jamoasi birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan edi.
“Vatanparvar” tashkiloti bir qator xalqaro sport tashkilotlari, jumladan, Xalqaro aeronavtika federatsiyasi (FAI)ning to‘la huquqli a’zosi hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko‘maklashuvchi
“Vatanparvar” tashkiloti Matbuot xizmati