Portugaliya davlatida 18-23-iyul kunlari boʻlib oʻtgan 32-Xalqaro biologiya olimpiadasi (IBO)da 2 nafar akademik litsey oʻquvchimiz 2 ta oltin medalini qoʻlga kiritdi:

Humoyun Norbekov — Jizzax davlat pedagogika instituti akademik litseyi 2-bosqich oʻquvchisi;

Aziza Abduvaliyeva — Toshkent pediatriya tibbiyot instituti akademik litseyi 1-bosqich oʻquvchisi.

Litva davlatida 17-24-iyul kunlarida boʻlib oʻtgan 51-Xalqaro fizika olimpiadasi (IPhO)da S.Sirojiddinov nomidagi akademik litsey oʻquvchisi Madina Xasanjonova 4-darajali diplom bilan taqdirlandi.

Yurtimizda xalqaro olimpiada gʻoliblari safi tobora kengayibb orayotgani quvonarli. Mazkur gʻalaba bilan oʻquvchilarni, ularga tarbiya va bilim bergan oʻqituvchilarini hamda ota-onalarini tabriklaymiz!