Dunyoning eng xavfsiz shahri aniqlandi

    Mutaxassislar shaharlarda raqamli ma'lumotlarning mavjudligi, sog'liqni saqlash, infratuzilma, atrof-muhit va shaxsiy xavfsizlik kabi mezonlarni hisobga olishdi.

    The Economist Intelligence Unit (Britaniya “The Economist” jurnalining analitik sahifasi) ma'lumotiga ko'ra Daniya poytaxti “Eng xavfsiz shahar” deb topildi. Kopengagen yillik hisobotda 100 balldan 82,4 ball to'pladi.

    Daniya poytaxti 2019-yilda sakkizinchi pogʻonadan roʻyxatning birinchi pogʻonasiga koʻtarildi. Bu koʻp jihatdan shaharda koʻpgina xizmatlar bilan bir qatorda ekologik xavfsizlikning ham yoʻlga qoʻyilgani bilan bogʻliq. “Kopengagenni shunday xavfsiz shaharchaga aylantirgan muhim omillardan biri — jinoyatchilikning ortda qolgani bilan belgilanmoqda”, deyiladi xabarda.

    Daniya poytaxtidan keyin yuqori oʻrinlarni Kanadaning Toronto shahri va Singapur egallagan. Avstraliyaning Sidney, Yaponiyaning Tokio, Niderlandiyaning Amsterdam, Yangi Zelandiyadagi Vellington, Gonkong, Avstraliyaning Melburn va Shvetsiyaning Stokgolm shahri eng xavfsiz shahar oʻntaligidan joy olgan.

    Maʼlumotlar Sidneyda xavfsizlik, Tokioda sogʻliqni saqlash, Gonkongda infratuzilma, Kopengagenda shaxsiy xavfsizlik yaxshi yoʻlga qoʻyilganini koʻrsatmoqda. Vellington esa ekologik jihatdan eng yaxshi shahar deb topildi.