Onlayn musobaqada professor-oʻqituvchilar va talabalar ishtirok etdi. Talabalarni baholashga hamkor universitetlarning tajribali professor-oʻqituvchilari – professor Olga Margosh, dotsent Yelena Varaneskaya-Losik, Oʻzbek-Belarus “Innovatsion pedagogika” qoʻshma fakulteti dekanati xodimlari taklif etildi.

Ijodiy musobaqa tashkil etishdan asosiy maqsad ikki mamlakat talabalarining oliy taʼlim sohasidagi hamkorlik va doʻstlik rishtalarini mustahkamlash, ikki yil davomida orttirilgan bilim, iqtidor, tajriba va koʻnikmalarni namoyon etishga yoʻnaltirishdan iborat.

Musobaqa natijasiga koʻra, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Oʻzbek-Belarus “Innovatsion pedagogika” qoʻshma fakulteti talabalari oʻzlarining yoʻnalishi boʻyicha tayyorgarligi, bilim va koʻnikmalari, shuningdek musobaqaga ijodiy yondashganligi bilan yuqori baholandi.

Tashkilotchilar va talabalar tomonidan bu kabi musobaqa va tanlovlarni har semestr yakuni boʻyicha oʻtkazilishi kelishib olindi.