Jumladan, tomonlar o’rtasidagi muzokaralar davomida xalqaro hamkorlar bilan aloqalarni mustahkamlash, O’zbekiston hududi bo’ylab yangi xalqaro tranzit kanallarini tashkil qilish yuzasidan memorandum imzolandi.
Uchrashuvlar davomida o’zaro manfaatli loyihalar hamda kompaniyalar abonentlariga yana-da yuqori sifatli xizmatlarni taqdim qilish masalalari muhokama qilindi.
Shu bilan birga, “o’zbektelekom” AK tomonidan Yevropaning Tiyer-1 darajadagi operatori – “cogent” kompaniyasi tarmog’iga ulanish amalga oshirildi hamda mavjud Internet kanallarga alternativ yo’nalish orqali Internet kanalni tashkil qilish bo’yicha shartnoma imzolandi.
Tiyer-1 operatori – 1-darajadagi tarmoq operatori hisoblanib, Internet resurslari serverlariga bevosita ulangan holatda xizmatlar taqdim etishini hisobga oladigan bo’lsak, mazkur kelishuvlar mamlakatimizda Internet tarmog’i foydalanuvchilariga yuqori sifatli xizmatlarni taqdim qilish imkoniyatlarini oshirish, shuningdek, kompaniyaning xalqaro telekommunikatsiya bozoridagi eksport salohiyatini kengaytirishga xizmat qiladi.