Xalqaro terrorchilik tashkiloti safiga qoʻshilishni rejalashtirganlar aniqlandi

    Oʻzbekistonda 17 kishi xorijdagi xalqaro terrorchilik tashkiloti safiga qoʻshilishni rejalashtirgani aniqlandi.

    Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar berdi.

    Qayd etilishicha, 2007-yili Toshkent viloyatida tugʻilgan K.I. internet tarmogʻida ekstremistik gʻoyalar taʼsiriga tushib qoladi.

    Buning oqibatida u oʻzining 16 nafar yaqin tanishi bilan noqonuniy “jamoat” boʻlib yigʻilib, kelgusida xorijda faoliyat olib borayotgan “Islom davlati” xalqaro terrorchilik tashkilotlari safiga qoʻshilishni rejalashtiradi.

    Ularning niyati Oʻzbekiston Respublikasi IIV-DXX xodimlari tomonidan hamkorlikda olib borilgan tezkor surishtiruvlar davomida aniqlandi.

    Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 244-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

    Loqaydlik va ishonuvchanlik oqibatida internet tarmogʻi orqali yot gʻoyalar taʼsiriga tushib qolmaslik uchun fuqarolarimizni doimo ogoh boʻlishiga chaqiramiz. Oʻzingizning taqdiringizga befarq boʻlmang”, deyiladi IIV xabarida.