Bundan tashqari u “Instagram” ijtimoiy tarmogʻida hozirgi kunda Suriya davlatida faoliyat olib borayotgan “Tavhid va jihod Katibasi” xalqaro terroristik tashkilotining instruktor va media targʻibotchisi bilan bogʻlanib, uning daʼvatlari taʼsiriga tushadi.

Soʻngra, Suriya davlatiga jihod qilish uchun nima qilish kerakligi toʻgʻrisida oʻzaro audio va xabar orqali yozishmalar olib borib, XTT safiga qoʻshilishga xayrixohlik bildiradi.

Oʻz navbatida ushbu shaxs yaqin tanishlari va oʻzining sinfdoshlari orasida “jamoat” shakllantirib, ularni Suriya hududiga “hijrat” qilib, terrorchi guruhlar qatoriga qoʻshilishga daʼvat qiladi.

DXX va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirlar natijasida uning noqonuniy harakatlari toʻxtatib qolinib, huquqiy baho berildi.

Natijada, jinoyat ishlari boʻyicha Furqat tuman sudi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi JK.ning244 prim 1-moddasi 3-qismi “g” bandi, 244 prim 2-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, 6-yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.