Senatorlar hozirgi zamonda mintaqaviy va xalqaro darajalarda qonunchilik birxillashtirilayotgan sharoitlarda ham milliy, ham xalqaro darajalarda bozor munosabatlarining asosiy elementlaridan biri hisoblangan xalqaro arbitraj tijorat nizolarini hal etishning muqobil, suddan tashqari shakli sifatida tobora katta ahamiyat kasb etayotganligini taʼkidladi.
Ushbu sohadagi nizolarni koʻrishda xoʻjalik yurituvchi subyektlarning sarf-xarajatlarini qisqartirish, arbitraj hal qiluv qarorlarini tan olish va ijro etish mexanizmlarini belgilash va shu asosda xalqaro shartnomalarning nizoli masalalarini hal qilishda mamlakatning mintaqadagi obroʻsini oshirish maqsadida “Xalqaro tijorat arbitraji toʻgʻrisida”gi Qonun qabul qilinganligi va shu bois, “Xalqaro tijorat arbitraji toʻgʻrisida”gi Qonuni normalarini amalga oshirilishini taʼminlash maqsadida Iqtisodiy protsessual kodeksiga hamda “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunga tegishli oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilyapti.
Bundan tashqari, “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunga kiritilayotgan oʻzgartishlarda arbitrajning hal qiluv qarori ustidan shikoyat qilish toʻgʻrisidagi arizalardan ham davlat boji undirilishi va bojning miqdori belgilab beriladi.
Ushbu Qonun ham senatorlar tomonidan maʼqullandi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Axborot xizmati.