Xalq bilan ochiq muloqot qilish, aholining talab va takliflarini o'rganish, ularning dardlarini tinglash, muammolarini imkon darajasida joyida ijobiy hal qilish masalasi bugun har bir davlat organi vakili oldidagi muhim vazifa hisoblanadi.

Prezidentimizning shunday oliy maqsad yo'lidagi tegishli topshiriqlari asosida Prezident maslahatchisining birinchi o'rinbosari Baxtiyor Islamov, Bosh prokuror o'rinbosari-O'zbekiston Respublikasi Harbiy prokurori general-mayor SHuxrat Uzakov hamda vazirlik va davlat idoralari rahbar xodimlarining sud-huquq masalalari bo'yicha navbatdagi ommaviy sayyor qabullari karantin qoidalariga rioya qilgan holda Toshkent shahrida boshlandi.

Jumladan, poytaxtimizning Sergeli tumani hokimligida bo'lib o'tayotgan qabulda Sergeli, YAngihayot va Bektemir tumanlaridan tashrif buyurgan aholi bilan urashilib, fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolar va ularni hal qilish choralari ko'rilmoqda. 

Qayd qilish lozimki, ommaviy sayyor qabullarda xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash, kam ta'minlangan oilalarga, nogironligi bor fuqarolarga reabilitatsiya uskunalari va moddiy yordam berish, ishlash istagida bo'lgan ayollar hamda yoshlarni ish bilan ta'minlash choralari ko'rilmoqda. 

Jumladan, qabulda Sergeli tumanida yashovchi  4 nafar nogironligi mavjud bo'lgan fuqarolarga nogironlik aravachalari tarqatildi.

Sayyor qabullar joriy yilning 29 aprel` kuni Uchtepa tumanining “eko bog'” hududida, 30 aprel` kuni YAshnobod  tumanidagi “Korea madaniyat markazi” hududida o'tkazilishi rejalashtirilgan.