Shuningdek, "Xanchjou-2022" oʻyinlarida gʻolib va sovrindor sportchilar qoʻshimcha ravishda mahalliy byudjet mablagʻlari hisobidan quyidagi miqdorda bir martalik pul mukofotlari bilan ragʻbatlantiriladi:
Osiyo va Paraosiyo oʻyinlarida gʻolib va sovrindor boʻlgan Oʻzbekiston sportchilari:
oltin medal uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 300 baravari miqdorida;
kumush medal uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravari miqdorida;
bronza medal uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravari miqdorida ragʻbatlantiriladi;
Eslatib oʻtamiz, Xitoyda oʻtkaziladigan "Xanchjou-2022" Osiyo oʻyinlarida mamlakatimizning 400 nafardan ziyod sportchi yoshlari 39 ta sport turidagi bahslarda vatanimiz sharafini himoya qilishi kutilmoqda.