Maʼlum qilinishicha, tadqiqotchilar vaksina saqlashning yangi — «silikatsiya» texnologiyasidan foydalanmoqda. Ushbu usul preparatni harorat o‘zgarishlariga chidamli qilish imkonini beradi. Bu esa vaksinanini hatto qiyin yetib boriladigan hududlarga dronlar orqali yetkazish imkoniyatini yaratadi.
Mutaxassislar taʼkidlashicha, hozircha hantavirus infeksiyasiga qarshi maxsus davolash usuli mavjud emas. Biroq kasallikni erta aniqlash va o‘z vaqtida tibbiy yordam ko‘rsatish bemorning sog‘ayib ketish ehtimolini sezilarli darajada oshiradi.
Shu bilan birga, ekspertlar yirik epidemya yuzaga kelish xavfi past ekanini bildirmoqda.
Avvalroq Argentinadan Kabo-Verde yo‘nalishi bo‘yicha harakatlangan «
Maʼlumot uchun, hantavirus insonga asosan kemiruvchilar orqali yuqadi. Virus nafas olish tizimi va buyraklarga jiddiy zarar yetkazishi mumkin. Kasallik belgilari ko‘p hollarda grippni eslatadi — yuqori harorat, holsizlik, mushak og‘rig‘i va ko‘ngil aynishi kabi simptomlar bilan namoyon bo‘ladi.