Kemadan dengizga chiqib ketgan bunker yonilg'isi oqibatida mazut dog'i hosil bo'ldi.

Bu haqda Pxuket viloyat ma'muriyati axborot markazi xabar berdi.

Nashrning ta'kidlashicha, Panama bayrog'i ostidagi 4339 tonnalik Sealloyd Arc kemasi Ko Keo Noy oroli yaqinida cho'kib ketgan.

290 ta dengiz konteyneridan 14 tasida xavfli moddalar bo'lgan. Ularning aksariyati kema bilan birga cho'kib ketgan, ba'zi konteynerlar esa hali ham falokat sodir bo'lgan hududda suv yuzasiga chiqib turibdi, deb xabar berdi report.az.