Roʻyxatga jami 20 turdagi kasallik va holatlar kiritilgan.

Mazkur holat/kasallik mavjudligi tibbiyot muassasalari tomonidan rasmiy tasdiqlanadi hamda fuqaroga QR-kodli elektron tibbiy maʼlumotnoma beriladi.

Ushbu tibbiy maʼlumotnoma bir yil muddatga amal qiladi.

Ushbu roʻyxatga quyidagi kasalliklar va holatlar kiritilgan:

  • oʻmrov va toʻsh suyagining sinishi;
  • yelka kamarining sinishi;
  • qovurgʻalar sinishi;
  • chap oʻmrov suyagi sinishi bilan bogʻliq operatsiyalar;
  • chap oʻmrov soxta boʻgʻimining sinishi;
  • umurtqa pogʻonasining kompression sinishi;
  • oʻpkaning surunkali obstruktiv kasalligi (IV bosqich);
  • bronxial astma (IV bosqich);
  • oʻpkaning interstitsial zararlanishi (fibroz va boshqalar);
  • oʻpkaning bir qismini yoki hammasini (chap yoki oʻng) olib tashlash — lobektomiya, pnevmonektomiya;
  • III bosqich va dekompensatsiya bosqichidagi surunkali yurak yetishmovchiligi;
  • ogʻir yurak-qon tomir kasalliklari (oʻtkazilgan infarktlar, ishemiya va boshqalar);
  • semizlikning III darajasi (BMI ≥ 40);
  • past boʻylik (nanizm) — 150 sm dan past;
  • qoʻl yoki yelka harakatini cheklovchi nevrologik kasalliklar;
  • koʻkrak qafasidagi allergik yoki dermatologik kasalliklarning ogʻir shakllari (ekzema, psoriaz);
  • oʻmrov, toʻsh, yelka, kurak va qovurgʻa sohalarida ichki va tashqi implantlarning mavjudligi;
  • koʻkrak qafasi yoki qorin boʻshligʻida oʻtkazilgan ochiq operatsiyalar;
  • stoma mavjudligi (sunʼiy chiqish);
  • koʻkrak qafasining yirik oʻsmalari.